9.1 Guruhlarning ko'pligining ruxsat etilganligi
9.1 The Permissibility For Plurality Of Groups
Shu tariqa, islomiy ishning birligini majburiy qilish uchun keltirilgan dalillar dalil sifatida qabul qilinmasligi aniqlandi. Biroq bu, guruhlarning ko‘pligiga ruxsat beruvchi boshqa fikrning qonuniy bo‘lib qolganini anglatmaydi. Chunki bir narsaning inkor etilishi uning aksini isbotlamaydi. Istidlolning (dalil keltirishning) to‘g‘riligini va istinbotning (xulosa chiqarishning) aniqligini ko‘rsatadigan dalillar bo‘lishi kerak. Xo‘sh, bu dalillar qanday?
It has been clarified that the evidences used to oblige unity of the Islamic work cannot be considered as evidence. However, this does not mean that the other opinion, which permits the plurality of groups, has become legitimate. This is because the negation of a matter does not prove its opposite. There must be evidences that demonstrate the correctness of the istidlaal (deduction), and precision of the istinbaat (inference). So what are these evidences?
Darhaqiqat, furu' (hukmlar) masalasida ixtilof qilishga ruxsat beruvchi dalillar sanoqsizdir. Sunnat furu'da ixtilof qilish mumkinligini ko'rsatgan. Shu sababli biz Sahobalarning, Tobi'inning va salaf olimlarining o'zaro ixtilof qilganini ko'ramiz. Ixtilofni man qilish esa kufforning ixtiloflariga nisbatan kelgan bo'lib, u dinning asosiy masalalari borasida bo'lgan, furu'da emas. Masalan, ular payg'ambarlar, Qiyomat kuni, hayot, o'lim va ularning kitoblari to'g'risida ixtilof qilganlar, natijada firqalarga, guruhlarga va milal hamda nihalga bo'lingan. Ular Alloh o'z payg'ambarlariga vahiy qilgan haqiqatdan uzoqlashib, payg'ambarlarining izdoshlarini ham adashtirdilar. U zot aytadi: "Shunda guruhlar o'rtasida ixtilof paydo bo'ldi. Ulug' kun huzuridan kofirlarning holiga voy!" [] Shunday qilib, Alloh bizni kofirlarnikiga o'xshash ixtiloflardan ogohlantirdi.