4.15 Xalifa tayinlash uchun vaqt chegarasi
4.15 The time limit for the appointment of a Khalifah
Musulmonlarga xalifa tayinlash uchun belgilangan muddat kechayu kunduzi bilan birga uch kundir. Musulmon uchun biror kechani bayah bo'yniga tushmagan holda uch kechadan ortiq o'tkazishi harom qilingan. Kechalarni eng ko'pi bilan uch kecha deb belgilanishining sababi shuki, xalifa vafot etgan yoki lavozimidan chetlatilgan paytdan boshlab xalifa tayinlash farz bo'lib qoladi. Shunga qaramay, musulmonlar hal qilinishi lozim bo'lgan ish bilan kechayu kunduzi uch kun davomida band bo'lsalar, tayinlashni kechiktirish ruxsat etiladi. Agar chegara uch kechadan oshib ketsa va shu vaqtga qadar xalifa tayinlanmagan bo'lsa, masala ko'rib chiqilishi kerak: agar musulmonlar xalifa tayinlashda ishtirok etgan bo'lsalar-u, o'zlari qo'lidan kelmaydigan va ixtiyorlaridan tashqari bo'lgan asosli sabablarga ko'ra uch kecha ichida buni amalga oshira olmagan bo'lsalar, unda gunoh ularning bo'ynidan soqit bo'ladi, chunki ular bu vazifani bajarish uchun harakat qilganlar va o'z irodalaridan tashqari ravishda uni amalga oshirishni kechiktirishga majbur bo'lganlar. Ibn Hibbon va Ibn Moja Ibn Abbosdan rivoyat qilganlar, u aytadi: Allohning Rasuli ﷺ shunday degan edilar: .