14.2 Nafsni poklash
14.2 Purifying The Mind
Yurak kasalliklari bilan og‘rigani kabi, aql kasalliklari bilan ham og‘rish mumkin. Biroq islomiy tafakkurda yurak va aql o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, ajralmasdir, shu sababli ular bir-biriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Just as one can suffer from diseases of the heart, so too can one suffer from diseases of the intellect. But in Islamic thought the heart and the intellect are intimately linked and inseparable such that they have a direct impact on each other.
Masalan, kibr odatda qalb kasalligi sifatida tushuniladi, lekin kibr aql-idrokka, ya'ni haqiqatni tushunish va anglash qobiliyatiga ham ta'sir qiladi. Kibr hatto ko'zga ta'sir qilishi mumkinki, shunda inson ko'z oldida turgan haqiqatlarni ko'rmay qoladi. Bu biz atrofimizdagi odamlarda kuzatadigan kundalik holat bo'lib, ba'zilar nima uchun shunchalik ravshan narsani ko'ra olmasligiga hayron bo'lamiz. Hasad, dushmanlik nafrati va ochko'zlik kabi illatlar ham xuddi shunday. Bunday kasalliklar shunchalik og'irki, ular nafaqat ruhni vayron qiladi, balki butun tanaga yuqadi va odamning aniq fikrlash qobiliyatini ham buzib qo'yadi. Ba'zi musulmon islohotchilarining asarlarini tahlil qilsangiz, ularning keltirgan dalillarida va chiqargan xulosalarida ana shu kasalliklarning alomatlarini ko'rish mumkin. Alloh bizni bunday holatdan saqlasin.